POLYARON

POLYARON — inersion qutblanuvchi dielektrik muhitda elektronning barqaror kvant holati, kvazizarra. Bu holatda elektron oʻzining elektr maydoni bilan muhitning lokal (chekli) qutblanishini hosil qiladi. Muhitning lokal qutblanishi qam, oʻz navbatida, elektronga taʼsir etib, uni lokal qutblanish sohasida xara-kat qilishga majbur qiladi. Natijada lokal tebranib turgan elektronning lokal qutblangan muhit bilan oʻzaro «bogʻlangan» holati paydo boʻladi. Polyaronning spini 1/2 ga teng, yaʼni Polyaron fermion hisoblanib, FermiDirak statistikasiga boʻysunadi. Dielektrik va yarimoʻtkazgichlarning baʼzi xossalari Polyaron yordamida tushun-tiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x