POLYAROGRAFIYA

POLYAROGRAFIYA (yun. polos — qutb va grapho — yozyapman) — erigan moddalar konsentratsiyasi va tabiatini aniklashning elektrkimyoviy usullaridan biri. Tekshiriladigan eritmaga tushirilgan elektrod yordamida tok kuchi bilan kuchlanish ora-sidagi bogʻliqlikni oʻlchashga asoslangan. 1922-y. da Ya. Geyrovskiy taklif qilgan. Bu bogʻliklik volt-amper egri chi-zikdar — polyarogrammalarni taqlil qilib Polyarograf sxemasi. aniklanadi.

Polyarogrammani hosil qilish uchun maxsus as-bob — polyarografdan foydalaniladi. U elektrolizer 1, simob elektrod 2, simobli rezervuar 3, galvanometr 4, shunt 5, reostat 6, akkumulyator 7 dan iborat. Polyarografiyaning doimiy tok, oʻzgaruvchan tok, yuqori chastotali tok, ossillografik, impulsli xillari bor. P. mineral xom ashyolarni tekshirish, reaktivlarning tozaligini na-zorat kilish, kimyoviy jarayonlar tezligi va mexanizmini tadqiq qilish kabi maqsadlarda, geol., tibbiyot, metallurgiya, farmakologiya va b. sohalarda qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x