POMPONASSI

POMPONASSI (Pomponatius) Pyetro (1462.16.9, Mantuya — 1525.18.5, Bolonya) — italyan faylasufi. Paduya, Ferrara va Bolonya un-tlarida dare bergan. «Jonning ulmasligi haqida» (1516) asarida «ikki haqiqat» nazariyasidan kelib chiqib, jonning ulmasligini ratsional dalillar bilan isbotlash mumkinligini inkor etgan; P. Aristotel falsafasiga asoslanib, Ibn Rushd va Foma Akvinskiynkig jon haqidagi taʼlimotlarini tanqid qilgan. Ortodoksal tomizm vakillari Pomponassining bu kitobiga qarshi chiqqanlar. Taqlir va iroda erkinligi masalalarida Pomponassi stoitsizm taʼlimotiga yaqin konsepsiyani ilgari surgan. Xudoning mavjudligini inkor etmasada, u tabiat va jamiyat ishlariga aralashmay-di, deb hisoblagan. Pomponassi 16 — 17-a. lar Gʻar-biy Yevropa hurfiqoliligining rivojlanishiga taʼsir koʻrsatdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x