POLYAK TILI

POLYAK TILIhind-yevropa tillari oilasining gʻarbiy slavyan tillari guruhidagi til; Polsha Respublika-sining rasmiy tili. Polsha, AQSH, Braziliya, Fransiya, Kanada hamda baʼzi MDH mamlakatlarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 45 mln. kishidan ortiq. Polyak tili katta polyak, kichik polyak, mazoves, sileziya, kashuba lahjalariga boʻlinadi. Fonetik belgilari: urgʻu odatda soʻzlarning oxiridan ikkinchi boʻgʻinga tushadi; urgʻusiz unlilarning reduksiyaga uchrashi; unlilarda choʻziqlik-qisqalik oppozitsiyasining yoʻkligi; undoshlarning qattik,likyumshoklik oppozitsiyasiga egaligi. Morfologik belgilari: sifat va sifatdoshlarning qisqargan predikativ shakllari yoʻkligi; son soʻz turkumining alohida turlanishga egaligi; uchta jins shaklining mavjudligi va b.

Adabiy til katta polyak, kichik polyak, mazoves shevalari asosida shakllanmoqda. Adabiy tilning eng maqbul davrlashtirilishi: qad. Polyak tili — 1500-y. gacha; oʻrta Polyak tili — 16-a. dan 18-a. ning 2yarmigacha; yangi Polyak tili — 18-a. ning 2yarmidan hozirgacha. Yozuvi lotin grafikasi asosida. Unda polyak tiligagina xos boʻlgan baʼzi tovushlar diakritik belgili harflar bilan ifodalanadi.

Isroil Poʻlatov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x