POLIEFIR TOLALAR

POLIEFIR TOLALAR — polieti-lentereftalatdan tayyorlanadigan sintetik tolalar. Issiqqa chidamligiga koʻra, Poliefir tolalar maʼlum boʻlgan barcha tabiiy va sintetik tolalardan ustun turadi. Poliefir tolalar ishqalanishga, yorugʻlik nuri, ishqorlarning qaynoq va konsentrlangan eritmalari taʼsiriga chidamli. Texnik Poliefir tolalar konveyer va turli mexa-nizmlar uchun uzatuvchi tasmalar, ar-qonlar, filtrlovchi materiallar va b. tayyorlashda ishlatiladi. Toʻqimachilik iplari (krimplen, melan va b.), trikotaj, turli matolar i. ch. da qoʻlla-nadi. Savdodagi nomlari: lavsan (MDH mamlakatlari), terilen (Buyuk Britaniya), dakron (AQSH), elana (Polsha), tesil (Chexiya).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x