POLVONQORI MADRASASI

POLVONQORI MADRASASI — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik. Xivalik savdogar Polvonqori qurdirgan (1905). Polvonqori madrasasi shaharning jan.-sharqiy qismida joylashgan. Madrasa bosh tarzi shim. ga qaragan. Burchaklariga guldasta ishlangan. Bosh tarzida darsxona va mas-jid, oʻrtada gumbazli miyonsaroy bor. Miyonsaroy orqali hovliga oʻtiladi. Hovli atrofini balxi gumbazli huj-ralar egallagan. Peshtogʻi koʻk rangli «bantak» uslubida bezatilgan, yuqorisi ikki qatorli sharafa bilan yakunlangan. Guldasta qubbalari moviy rangda. Madrasa oldida alohida minora qad koʻtargan. Unda gʻishtlardan bezakli belbogʻlar hosil qilinib yuqorisi qub-bali qilib yakunlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x