FRAKIYA

FRAKIYA (yun. Thrake, lot. Thracia) tarixiy viloyat, Bolqon ya. o. ning sharqiy qismida, Egey, Qora va Marmar dengizlari oʻrtasida joylashgan. Qadimda Frakiya hududida frakiyaliklar istiqomat qilgan. Mil. 46 y. da Rim imperiyasi provinsiyasiga aylangan. 395-y. dan Vizantiya imperiyasi tarkibida. 6-a. da Frakiyaga slavyanlar kuchib kelgan. Frakiya qisman Birinchi Bulgʻor podsholigi (680—1018) tarkibiga kirgan. 1204-y. F. qisqa mudsat Lotin imperiyasi tarkibida boʻlib, koʻp oʻtmay 15-a. da usmonli turklar tomonidan bosib olingan. 1878-y. dagi Berlin kongressi qaroriga binoan, Frakiyaning bir qismi Sharqiy Rumeliyaga kirgan, lekin, asosiy qismi Usmonlilar imperiyasi tarkibida qolgan. 1Bolqon urushi (1912 — 13) dan soʻng London tinchlik shartnomasiga asosan, Frakiya butunlay Bolgariya tasarrufiga oʻtgan. 2Bolqon urushidan soʻng Buxarest sulh shartnomasiga binoan, Frakiyaning gʻarbiy qismi Gretsiyaga berilgan. BolgariyaTurkiya oʻrtasidagi 1913-y. gi Konstantinopol tinchlik shartnomasiga binoan, Frakiyaning sharqiy qismi Lozengrad, Loʻliburgʻaz va Adrianopol (Edirne) bilan Turkiya tasarrufida. Bolgariyada esa Frakiyaning gʻarbiy qismi Dedeogʻoch va PortoLagos posyolkalari bilan qolgan. ljahon urushi (1914— 18) dan soʻng Frakiyaning gʻarbiy qismi Bolgariyadan Gretsiyaga, 1920-y. dagi Sevr sulh shartnomasiga binoan Frakiyaning sharqiy kismi esa Adrianopol bilan (boʻgʻozlar orasidagi tor yoʻlakdan tashqari) Gretsiyaga topshirilgan. 1919—22 y. lardagi GretsiyaTurkiya urushida Gretsiyaning magʻlubiyati tufayli 1923-y. dagi Lozanna tinchlik shartnomasiga koʻra, Sharqiy F. Adrianopol bilan (Maritsa daryosigacha) Turkiya tarkibiga kiritilgan. Gʻarbiy Frakiya (Qoraogʻochsiz) Gretsiyada qoldi, Bolgariyada esa ichki Frakiyaning bir qismi saqlanib qolgan. Bu chegaralar 2-jahon urushidan keyin ham saqlanib qolgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x