POLIETILEN

POLIETILEN, politen, polieten [— SN2—SN2—]l — karbozan-jirli polimer. Rangsiz, yarim shaf-fof modda. Suyuklanish t-rasi olinish usuliga koʻra 105—130°, zichligi 920 — 970 kg/m3. Elastikligi va choʻzilishga mustahkamligi yuqori. Ishqorlar, xlorid, sulfat, ftorid va organik kislotalar taʼsiriga chidamli; xlor va ftor taʼsirida parchalanadi. 80°dan yuqorida uglevodlar va ularning xlorli hosilalarida eriydi; radioaktiv nurlar taʼsiriga chidamli; fiziologikjihatdan zararsiz. Polietilen — jaxrn mik,-yosida termoplastlar i. ch. da birinchi oʻrinda turadigan eng arzon polimerlardan biri. Sanoatda 3 xil usulda: etilenni yuqori bosimda (1200—1500 at), oʻrtacha bosimda (30—40 at) va past bosimda (0—7 at) polimerlab olinadi. Elektr izolyatsiya qoplamalari, plyonkalar, yemiruvchi muhitlardan saqlovchi materiallar, sinmaydigan idishlar va b. tayyorlashda qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x