OʻZBEKISTON-452

«OʻZBEKISTON-452» — oʻrtacha ertapishar tarvuz navi. Butunittifoq oʻsimlikshunoslik intining Oʻrta Osiyo tajriba st-yasida chiqarilgan. Mevasi dumaloq, oʻrtacha kattalikda, yuzasi silliq, poʻsti oqishyashil, qoramtiryashil yoʻllari bor, ogʻirligi 5—8 kg. Eti mayin, pushtirang, zichligi oʻrtacha, sersuv, shirin. Tarkibida qand miqdori 9—11%. Urugʻi yirik, sargʻishqora halqasi bor. Niholi unib chiqqanidan keyin birinchi hosili 70—75 kunda pishadi. Hosildorligi 200—ZOOs/ga. 1951-yildan ekish uchun davlat reyestriga kiritilgan. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida ekiladi. (rasmi Tarvuz maqolasida berilgan).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x