PLAZMOTRON

PLAZMOTRON, plazma generator i (plazma va elektron) — plazma olish uchun ishlatiladigan gaz razryadli asbob. Sanoatda materiallarga ishlov berishda qoʻllaniladi. Gazlarda foydalanilayotgan elektr razryadlarning turiga qarab yey razryadli va yuqori chastotali Plazmotron keng tarqalgan.

Oʻzgarmas tokda ishlaydigan yey razryadli Plazmotron quyidagi asosiy qismlardan iborat: bitta (katod) yoki ikkita (katod va anod) elektrod, razryad kamera-si, plazma hosil qiluvchi moddani uza-tish qismi. Razryad kamerasining plazma oqadigan yorigʻi Plazmotron soplosi deyiladi. Yey razryadli Plazmotronning ikki turi: tashqi plazma yoyi va plazmali oqimni hosil qilishda ishlatiladigan Plazmotron mavjud. Bi-rinchi tur P. da yey razryadi katod va anod sifatida olingan jism orasida yonadi. Plazmotronning ikkinchi turida katod va anod orasidagi razryadda hosil qilinayotgan plazma razryad kamerasidan ingichka uzun oqim sifatida oqib chiqadi.

Yey razryadli Plazmotronda ish gazi (vodorod, kislorod, azot, argon, geliy va b.) qiyin eriydigan katod (volfram, molibden, maxsus krtishmalar) va suv bilan sovitiladigan mis anodi orasida sodir boʻlayotgan yey razryadi tufayli plazmaga aylanadi. Bu plazma anoddagi yoriqdan oqib chiqadi.

Yey razryadli Plazmotronda razryadning turgʻunligiga magnit maydoni, gazlar oqimi, razryad kamerasi, soploning devorlari tufayli erishiladi. Bu P. ning quvvati 10 MVt, soplo kesi-midagi oqim t-rasi (3 — 25) 103K, oqimning chiqish tezligi 104 m/s.

Yuqori chastotali Plazmotron esa elektromagnit gʻaltak — induktor yoki yuqori chastotali energiya manbaiga ulangan elektrodlar, razryad kamerasi, plazma qosil qiluvchi moddani kirgizish kis-mini oʻz ichiga oladi. Uning induksi-on, sigʻimli, mashʼalli, oʻta yuqori chastotali xillari mavjud. Induksion Plazmotron yordamida nitrid, borid, karbid va b. kimyoviy birikmalar asosidagi yupka dispersli va juda toza kukun materiallar olinadi. Plazmotron quvvati 1 MVt ga yeta-di, t-ra razryad kamerasining markazi va plazma oqimining boshlanish joyida ~ Yu4K > plazma oqimining tezligi 103 m/s, chastotasi bir necha oʻn ming Gs dan oʻnlab MGs gacha boʻladi. Oʻta yuqori chastotali Plazmotron chastotasi ming va oʻn ming MGs larni tashkil qiladi; ularni taʼminlovchi generator sifatida magnetronlar qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x