RANGLI TELEVIDENIE

RANGLI TELEVIDENIE — tasvirlarni oʻz tabiiy rangida uzatish va tomosha qilishga imkon beradigan televideniye. R. t. tabiiy ranglarning qizil, koʻk va yashil ranglarga ajratish xossasiga asoslangan. Rangli televideniyeda ham tasvir elementlari (nuqtalar) galmagal uzatiladi. Juda mayda detallar oqqora rangda, oʻrtacha detallar 2 rangda, yiriklari 3 rangda uzatiladi. Rangli televideniye kamerasida obyektdan qaytgan nurni 2 ta maxsus koʻzgu qizil, koʻk va yashil nurlarga ajratadi, bu nurlar tegishli elektronnur trubkaga yoʻnaladi (har qaysi rangdagi nur boshqaboshqa trubkaga boradi). Trubkalar chiqishida rangli videosignallar (I^, Ik va Iya) hosil boʻladi. Bular kuchaytirilib, kodlovchi qurilmaga oʻtkaziladi. Bu yerda maxsus oʻzgartirgich signallarni 3 signalga: yorqinlik signaliga va ranglarni uzatish uchun moʻljallangan 2 signalga ajratadi. Yorqinlik signali I, uchta rang tashkil etuvchilardan hosil boʻladi. Ranglarni uzatish uchun moʻljallangan signallar tegishli ranglar nisbati (Mas, Iq — Ie va Ik — Ie) dan tuziladi. Bu signallar eltuvchi chastotali qoʻshimcha kuchlanishni modulyatsiyalaydi (q. Modulyatsiya). Bunday kuchlanish yorqinlik signali bilan birga umumiy aralashtirgichga uzatiladi. Radiouzatkich umumiy signallarni efirga tarqatadi.

Rangli televideniye signallarini qabul qilish uchun 3 nurli qabul qiluvchi elektronnur trubka (kineskop) oʻrnatilgan maxsus rangli televizordan foydalaniladi. Radiouzatkich efirga tarqatgan signallar rangli televizorda tegishli signallarga ajratilib, ranglar joyjoyiga tushiriladi. Rangli televideniyeda tovush xuddi oqqora televideniyedagidek uzatiladi va qabul qilinadi. Rangli televizorda oqqora tasvirlarni ham koʻrish mumkin. Oqqora televizorda xam Rangli televideniye dasturlarini oqqora rangda kursa boʻladi.

Birinchi Rangli televideniye loyihasini rus ixtirochisi I. A. Adamian 1907—08 y. taklif qilgan. Bunda tasvir nuqtalari kizil, koʻk va yashil yorugʻlik filtrlari orqali uzatilgan, qabul qilish joyida ham tasvir xuddi shunday filtrlar orqali koʻrilgan. 1929-y. «Amerikan telefon end telegraf kompani» (AQSH) lab. sida rangli signallar uchta mustaqil kanal orqali uzatilgan. Rangli televideniyening mukammalroq elektron tizimi 1951-y. AQSH da ishlab chiqilgan; AQSH da Rangli televideniye 1954-y. dan muntazam ishlay boshladi. SSSR da 1956-y. dan Leningrad televideniye markazi, 1959-y. dan Moskva televideniye markazi Rangli televideniye dasturlarini namoyish kila boshladi. 1966-y. sovetfransuz tizimi «SECAMIII» yaratildi va 1967-y. qoʻllana boshladi. 1967-y. dan Germaniya, Buyuk Britaniya va Gʻarbiy Yevropaning boshqa shaharlarida PAL tizimidagi Rangli televideniye koʻrsatuvlari berila boshladi. Oʻzbekiston televideniyesi Rangli televideniye dasturlarini 1970-y. koʻrsata boshladi.

Rangli televideniyening 3 tizimi (SECAM, NTSC va PAL) maʼlum (2004). Ular bir-biridan televizion signallarni hosil qilishi b-n farqlanadi.

Ergash Komilov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x