PLATINA METALLARI

PLATINA METALLARI, platinoidlar — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub 6 ta kimyoviy elementdan iborat oila. P. m. ga ruteniy Ru (tartib raqami 44), rodiy Rh (45), palladiy Pd(46) — ye n gil P. m., osmiy Os (76), iridiy 1g(77), platina Pt(78) — ogʻir Platina metallari kiradi. Kimyoviy turgʻunligi, suyuqlanish t-rasining yuqoriligi va tashqi koʻrinishining koʻrkamligi sababli Platina metallari oltin va kumush bilan bir qatorda no-dir metallar deb ataladi. Yer poʻstida massa jihatidan platina 5-10^7%, osmiy 5-10~6%, iridiy 1-10~7%, ruteniy 5-10~7%, rodiy 1-10~7% va palladiy 1-10~6%ni tashkil qiladi. 100 dan ortiq Platina metallari minerallari maʼlum. Ular 2 xil: tugʻma palladiy va platina hamda turli qotishmalar. Platina metallarining ikkilamchi manbalariga togʻ-boyitish korxonalarining chiqindilari, ishlatilgan katalizatorlar va b. kiradi. Palladiy, ruteniy va rodiyning baʼzi izotoplari uran va plutoniyning parchalanish mahsulotlari tarkibida yadro re-aktorlarida yigiladi. Platina metallari — kumush-dek oq yoki kumushsimon, qiyin suyuqlanadigan, qiyin uchuvchan elementlar. Mexanik xossalariga koʻra, ular bir-biridan sezilarli farklanadi: platina — yumshoq, plastik, uni ingichka sim qilib choʻzish, zar kabi yoyish mumkin; palladiy ham plastik, osmiy va ruteniy — moʻrt, iridiy — qattiq va mustaxkam. Palladiyning oksidlanish darajasi +2, platinaniki +2, +4 va +6, iridiyniki +2 va +3, osmiyniki +4, +6 va +8, rodiyniki +3, rute-niyniki +3, +4 va +8. Palladiy (800 hajmgacha) va platina (nisbatan kamroq) koʻp mikdorda vodorod molekulasini yutish va uni kimyoviy reak-siyalar jarayonida atom holida ajra-tib chiqarish xususiyatiga ega. Shu sababli ular organik sintezlarda katalizator sifatida ishlatiladi. Platina metallari va ularning qotishmalari gidrogenlash, degidrogenlash va oksidlash jarayonlarida katalizator, krtishmalarda legirlovchi qoʻshimcha sifatida, yuqori t-ralarda qoʻllanadigan termo-paralar, qarshilik termometrlari, elektr pechlar qismlari, kimyoviy barqaror idishlar, elektrodlar, tibbiyot asboblari, krplamalar, zargarlik buyumlari va b. tayyorlashda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x