PLANTATSIYA

PLANTATSIYA (lot. plantatio — oʻsimlik ekish) — 1) yirik dehqonchilik xoʻjaligi. Bunday xoʻjaliklarda, asosan, tropik, subtropik ekinlar — paxta, choy, shakarqamish, kofe va b. yetishtiriladi. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida Yevropa mamlakatlari bosib olgan mustamlakalarda kapitalning dastlabki jamgʻarilishi davrida paydo boʻlgan. Dastlabki P. Vest-Indiyatsa 16-a. boshlarida tuzildi. 19-a. ning 1yarmida AQSH P. tizimining markazi boʻlgan davrda gʻoyat rivojlandi va qora tanli qullar mehnatidan shafqatsiz foydalanildi. 19-a. oxirida arzon yollanma ish kuchi va qisman majburiy mehnatdan foydalanadigan yirik latifundiyalar paydo boʻldi. 20-a. da mustamlakachilikdan ozodlikka erishgan koʻpgina mamlakatlarda Plantatsiya xoʻjaliklari natsionalizatsiya qilindi. Plantatsiya bir qancha rivojlanayotgan mamlakatda saqla-nib qolgan;

2) q. x. ekinlari bilan band boʻlgan katta yer maydoni.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x