PLANULA

PLANULA (lot. planus — yassi) — koʻpchilik boʻshliqichlilarning 2 qavatli pelagik lichinkasi. Tuxumdan rivojlanadi yoki parenximula davrini oʻtadi. Epiteliysi endodermada joylashganligi va gastral boʻshligʻining boʻlishi b-n parenximuladan farq kiladi. Ektodermasi ixtisoslashgan xivchinli epiteliy hujayralaridan iborat. Gavda boʻshligʻini endoderma oʻrab turadi. Planula bir necha vakt suvda suzib yuradi; keyinroq suv tubiga yopishib olib, polipga aylanadi. Planula tubullariyalar va traximeduzalarda aktinula davrini oʻtgach, voyaga yetadi (yana q. Boʻshliqichlilar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x