FIZIK KIMYOVIY ANALIZ

FIZIK KIMYOVIY ANALIZmodda yoki sistemaning fizik xossalari bilan uning tarkibi oʻrtasidagi bogʻliqlikni oʻrganadigan kimyoviy termodinamika usuli. Fizik kimyoviy analizda sistemaning turli fizik xossalari, koʻpincha fazaviy oʻtish trasi va b. issiklik xossalari (issiklik oʻtkazuvchanligi, issiqdik sigʻimi, issiqlikdan kengayishi), elektr (elektr oʻtkazuvchanligi, dielektrik singdiruvchanligi), optik (sindirish koʻrsatkichi), zichlik, qovushqoqlik, qattiqlik kabi xossalari oʻrganiladi. Tekshirilayotgan obyektning rentgen strukturaviy analizi, mikroskopik metallografiya va b. usullari bilan aniqpanadigan tavsiflaridan ham foydalaniladi.

Fizik kimyoviy analizning asosiy usuli — xossa (tarkib) oʻzgarishi bilan holat oʻzgarishi (tarkib — tra, tarkib — bosim va h. k.) ning geometrik analiziga asoslangan. Chunki fazalar muvozanatlarini analitik aniqlash usuli qiyin boʻlib, fazalar sohasini taqriban aniqlay oladi. Diagrammalarni geometrik analiz qilish usuli faza strukturasi va tarkibining oʻzgarishini toʻgʻri aniklashga imkon beradigan yagona usul hisoblanadi. Bu F. k. a. ning baʼzi koʻp fazali, koʻp komponentoy sistemalar — qotishmalar, minerallar, eritmalar, karbidlar, oksidlar, yarim oʻtkazgich va oʻta oʻtkazgich materiallar, organik birikmalardan iborat sistemalar va b. ni tadqiq qiluvchi muhim usulga aylanishiga keng yoʻl ochadi.

Fizik kimyoviy analiz kimyo va kimyotexnologiyaning barcha sohalarida, shuningdek, metallurgiya, geol. mineralogiya tadqiqotlarida va b. da qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x