PLANTAJ

PLANTAJ, tuproqni plantaj plug b-n ishlash (lot. planto — oʻtqazmoq) — koʻchatzor, tokzor va bogʻ barpo etiladigan yerni plantaj plugda 40—100 sm chuqurlikda haydash. Tokzor, koʻchatzor, oʻrmonzor qilinadigan, mevali daraxtlar ekiladigan yer may-donlarini haydashda, shuningdek, shoʻrxok va qumloq yerlarni oʻzlashtirishda Plantaj usulidan foydalaniladi. Bu usul ekilgan koʻchatlar ildizining yaxshi rivojlanishiga, tuproqda suv rejimining yaxshilanishiga yordam be-radi. Akad. M. V. Muhammadjonov tomonidan gʻoʻza-beda almashlab ekishda hay-dov qatlamini chuqurlashtirish (SO-SO sm) ekinlar hosildorligini oshirish imkoniyatini yaratuvchi «ikkinchi qoʻriq», tuproq unumdorligini taʼminlashning usullaridan biri sifa-tida asoslab berilgan. Plantaj pluglarga chimqirqarlar, har xil balandlikda joylashtirilgan qoʻsh korpuslar va b. qismlar oʻrnatiladi; bu qismlar tuproqni chuqur yumshatgani holda uning pastki qatlamini yuzaga chiqarmaydi. Yer 2—3 qatlamli qilib, chuqur haydaladi. Shu bilan bir vaqtda yerga organik va mineral oʻgʻitlar ham solib ketiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x