METALLARNI QAYTARISH

METALLARNI QAYTARISHqaytarilish reaksiyasi yordamida rudalardan metallarni ajratib olish jarayoni. Bunda qaytaruvchi sifatida metallarga qaraganda kislorodga yaqinroq element yoki moddalar ishlatiladi. Agar qaytarilgan metall eritma holida boʻlsa, jarayon osonlashadi, chunki erish jarayoni erkin energiyani kamaytiradi. Domna pechidagi jarayonda toza temir emas, balki uglerodning temirdagi eritmasi — choʻyan hosil bulishiga ham sabab shu.

Kimyoviy nuqtayi nazardan qaraganda Metallarni qaytarish atomga yoki atomlar guruhiga elektronlar birikishidan iborat. Shu sababli, elektroliz yoʻli bilan metallar olish jarayoni, mas, mis sulfat (CuSO4)ning suvdagi eritmasini elektroliz qilib toza mis, alyuminiy oksidi (A12O3) eritmasini elektroliz qilib esa toza alyuminiy olish ham Metallarni qaytarish dir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x