PIROFILLIT

PIROFILLIT (yun. rug — olov, phyllon — yaproq; qizdirilganda yupqa yaproqsimon boʻlakchalarga ajraladi) — qatqat silikatlar sinfiga mansub mineral. Al2[Si4O10](OH)2. A1 qisman Mg, Gʻye bilan almashadi, aralashma holida MgO, GʻyeO, Gʻye2O3 mavjud. Rangi och yashil, sargʻish, kulrang va oq. Qattiqligi 1—2, zichligi 2650—2900 kg/m3. Oʻtga va kislotaga chidamli. Monoklin singoniyali, yaproqsimon agregatlar hosil qiladi. Konlari metamorfik jinslar bilan bogʻliq boʻlib, pirofillitli slanes va zich agalmatolit uyumi holida uchraydi. Yaxshi izolyator, kimyo-viy reaksiyalarga chidamli. Sanoatda yuqori glinozyomli material sifatida oʻtga va kislotaga chidamli buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. Bezak toshi sifatida ham ahamiyati bor. RF (Ural janubi), Ukraina, XXR, AQSH va Braziliyada konlari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x