MARSHAK Samuil Yakovlevich

MARSHAK Samuil Yakovlevich (1887.22.10, Voronej – 1964.4.7, Moskva) — rus shoiri, 20-a. rus bolalar adabiyoti asoschilaridan. Marshakning «Jek qurgan uy», «Bolalar qafasda», «Ahmoq sichqoncha haqida ertak» sheʼriy kitoblari 1923-y. da nashr qilingan. Marshak 1933-y. da «Mister Tvister» hajviy pamfletini yaratdi. «Nomaʼlum qahramon haqida hikoya» romantik dostoni (1938)da yangi davr qahramonlarining jasorati ifodalangan. «Harbiy pochta» (1944), «Har xil rangli kitob» (1947), «Yil boʻyi» (1948), «A dan Ya gacha zavqli sayohat» (1953) sheʼriy kitoblarida bolalarning oʻziga xos tabiati, adabiyot haqidagi falsafiy fikrlari oʻz ifodasini topgan. Uning «Un ikki oy», «Aqlli asar», «Mushukvoyning uyi» ertak-pyesalari mashhur. Marshak «Hayot boʻsa-gʻasida» avtobiografik qissasi (1960) va «Tarbiyaviy soʻzlar bilan» maqolalar toʻplami (1961), «Tanlangan sheʼrlar» (1962) asari muallifi. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

As: Sheʼr va ertaklar, T., 1959; Yongʻin, T., 1959; Styopa amaki, T., 1960; Ahmoq sichqoncha haqida ertak, T., 1961.

Ad.: Smirnova V., S. Ya. Marshak, Marshak, 1954; Galanov B. Ye., S. Ya. Marshak. Jizn i tvorchestvo, 4 izd., M., 1965; S ar no v B., Samuil Marshak (ocherki poezii), M., 1968.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x