PIRETROIDLAR

PIRETROIDLAR — insektitsidlar, siklopropankarbon k-ta hosilariga mansub kimyoviy birikmalar guruhi. Piretroidlarning nisbatan kichik norma va past konsentratsiyali ish suyuqligini koʻpgina zararli hasharotlarga qarshi qoʻllaganda yuqori samaraga erishish mumkin. Piretroidlar gʻoʻza va sabzavot ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashda istiqbolli preparatlardan hisoblanadi. Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya qilish in-tida oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasiga koʻra qoʻllash uchun ruxsat etilgan preparatlar roʻyxatiga Piretroidlardan ambush, detsis, sumitsidin, sim-bush, ripkord, danitol, sumialfa, talstar, karate kiritilgan.

Juda koʻp zararkunandalarga taʼsir qilish xususiyatiga ega. Kapalaklar, qoʻngizlar, qandalalar, pashshalar, oʻsimlik bitlari, kanalar va oqqanotlarga qarshi qoʻllanganda yaxshi samara beradi. Gʻoʻzada, asosan, gʻoʻza tunlami, kuzgi tunlam, oʻsimlik bitlari, qan-dalalar va oqqanotlarga qarshi kurash uchun tavsiya etilgan. Sarf normasi 0,4—1 kg/ga; ish suyuqligi 200—300 l/ga. Oʻrtacha zaharli.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x