MEMORIAL INSHOOTLAR

MEMORIAL INSHOOTLAR (lot. memorialis — xotira) — atoqli arboblar, halok boʻlgan qaxramonlar va muhim tarixiy voqealar sharafiga bar-po etilgan badiiy majmua; tasviriy sanʼat asarlari (haykal, maqbara, qabr toshi, sagʻana, ehrom, zafar arki va b.). Muayyan bir ansamblni tashkil qiluvchi meʼmoriy yoki meʼmoriyhaykaltaroshlik asari ham Memorial inshootlar sirasiga kiradi. Memorial inshootlarning eng kad. namunalari Misr ehromlaridir (q. Giza, Dayr ul-Bahr). Mil. av. 4-a. da Galikarnasda shoh Mavsol kabri bunyod etildi va u maqbara shaklidagi Memorial inshootlarning yaratilishiga asos buldi. Qad. Rimda harbiy yurishlardagi gʻalabalar sharafiga zafar arki, ustunlar qatori oʻrnatilgan. Qad. Xitoyda barpo etilgan memorial darvozalar, qabr ansambllari, Hindistondagi Tojmahal, Oʻrta Osiyodagi Somoniylar maqbarasi, Amir Temur maqbarasi, Pahlavon Mahmud makbarasi, Yassaviy majmuasi, Shohizinda ansam-bliaati meʼmoriy yodgorliklar xalq M. i. ning noyob durdonalari hisoblanadi.

Yevropada 18—19-a. larda anʼanaviy portret haykallar oʻrnida koʻproq tabiat bilan uygʻunlashgan, atrofi bogʻ-park b-n oʻralgan yovvoyi tabiat yoki manzarali bogʻlar orasidagi Memorial inshootlar [fransuz utopik loyihalari (E. L. Bulle), nemis (F. Jilli) meʼmorlarining koʻpgina maqbaralari] oʻzaro urushlarda, janglarda halok boʻlgan xalq qahramonlariga atab barpo etilgan (1812-y. Vatan urushi gʻalabasi sharafiga qurilgan yodgorlik, 1815, meʼmori A. L. Vit-berg va b.). 19-a. davomida Memorial inshootlar qurilmasi va tasavvurida ampir oʻrni eklektika va soxta uslublar bilan almashtirildi, uning hisobiga yuzaki dabdabali, soxtatantanavorlik koʻrinishiga ega boʻlgan Memorial inshootlar qurildi (Rimdagi Viktor Emmanuil II, 1885— 1911, meʼmori J. Sakkoni va b.). 20-a. 10 — 30 y. laridagi koʻpgina Memorial inshootlar 1jahon urushi (1914—18 y. lar) qurbonlariga bagʻishlangan. Ular «Modern» anʼanalari va milliy romantizm oqimi bilan bogʻliqligi, inson tanasi mavzuini ishtiyoq bilan majoziy tasvirlanganligi b-n ajralib turadi («Jahon iztiroblari», 1915, haykaltarosh I. D. Shadr; Rigadagi Birodarlik qabristoni ansambli, 1924—36, haykaltarosh K. Zale, meʼmori A. Birzeniyek va b.). Bu davr meʼmoriy binolari va muzeylarida neoklassitsizm ruhi ustunlik qiladi (A. Linkoln memoriali, 1914—22, meʼmori G. Beken; T. Jefferson memoriali, 1939—41, meʼmori J. R. Poup va b., ikkovi ham Vashingtonda). Ayniqsa, koʻp qirrali Memorial inshootlar qurilishi 2ja-hon urushidan key-in boshlandi, qurilishlar koʻpincha umumdavlat ishi ruhida qabul qilindi. Fashizm terrori qurbonlari va urushda halok boʻlganlarga, shuningdek, turli milliy tarixiy voqealarga bagʻishlangan murakkab meʼmoriy majmualar, baʼzan gʻamginqaygʻuli, baʼzan esa yuqori joʻshqin kayfiyatdagi shakllarda yaratildi (Florensiya yaqinidagi qabriston, 1959; meʼmori F. Mak-Kim, U. Mid va S. Uayt, haykaltarosh E. Vo; Rim yaqinidagi Via Appia majmuasi, 1951; meʼmori J. April va b., haykaltaroshlari F. Kochcha, Mirko; Mostordagi halok boʻlgan xaloskorharbiylar memoriali, 1960—65, meʼmori B. Bogdanovich; Germaniyadagi fashistik konslager oʻrnida barpo etilgan Memorial inshootlar: Bu-xenvaldda, 1958, haykaltarosh F. Kre-mer, V. Grsimek va b. Bu inshootlar nafaqat halok boʻlganlar iztirobini eslatadi, balki fojiali voqealarga hamdardlikni, tarixga ongli munosabatda yondoshishni, insonlarni eʼzozlashni tarbiyalaydi.

Yangi bosqichdagi tarixiy yodgorliklarning asosiy ahamiyatini muzeydagi ekspozitsiyaning oʻzi egallamay (garchi u majmuaga kirmasa ham), balki meʼmoriy jihatdan nafis, ifodali, yaxlit organik, tabiiy relyefiga tektonik bogʻliq, shahar atrofidagi obyektiv qonunlarga asoslangan Memorial inshootlar egalladi.

Memorial inshootlar insonni vatan-parvarlik ruhida tarbiyalashda, yorqin emotsional shaklda xalq tarixining mu-him bosqichlarini eslatishda muhim rol oʻynaydi. Zamonaviy ustalar yirik ansambllarda epik qissalardagi qahramonlarning mahobatli haykallarini yaratishga intiladilar. Unda yetakchi rolni taʼsirchan ramziy-umumlashma obrazlar egallaydi.

Oʻzbekistonda 1941—45 y. larda halok boʻlgan jangchilar xotirasiga bagʻishlangan Memorial inshootlarlar, Toshkentdagi harbiylar qabristoni yodgorligi meʼmorlikhaykaltaroshlik ansambli (1978—86; haykaltarosh V. Lunev, A. Rahmatullayev, L. Ryabsev; meʼmorlar L. Adamov, Ya. Afanasyev) urushda jarohatlanib va-fot etgan va shu yerda dafn etilgan jangchilar xotirasiga bagʻishlangan. Nukus (1970), Chirchiq (1972), Guliston va b. shaharlarda ham koʻpgina shunday Memorial inshootlar barpo etilgan.

«Jasorat» memorial majmuasi (1970) Toshkent zilzilasi (1966) oqibatlarini tugatishga bagʻishlangan yaxlit badiiy meʼmoriy asardir (1970; haykaltarosh D. B. Ryabichev, meʼmori S. R. Odilov).

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng prezident I. A. Karimov ta-shabbusi bilan buyuk ajdodlarimiz — Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek, Mirzo Bobur, Bahouddin Naqshband, Imom Buxoriy, Ahmad al-Fargʻoniy, Termiziy, Moturidiy, Burhoniddin Margʻinoniy va b. ning nomlari abadiylashtirilib, meʼmoriy majmualar va yodgorliklar barpo etildi. A. Navoiy (1991), Ahmad al-Fargoniy (1998), «Xotira maydoni» (1998), «Shahidlar xotirasi» (1999), Buxoriy yodgorlik majmuasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi va b. qurilishida yogʻoch, ganch oʻymakorligi va amaliy bezak sanʼatining oʻziga xos milliy boy merosidan keng foydalanildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x