PIRAMIDA

PIRAMIDA (yun. pyramidos) —1) matematikada — bitta koʻpburchak (asos) va umumiy uchga ega boʻlgan uch-burchaklar (yon yoqlar) bilan chegaralangan jism. Asosining shakliga koʻra, uch burchakli Piramida, toʻrt burchakli Piramida va b. deb yuritiladi. Piramida uchi (R)sj asos tekisligiga tushirilgan perpendikulyar P. ning balandligi deyiladi. Asosi muntazam koʻpburchak boʻlib, balandligi asos markaziga tushadigan Piramida muntazam Piramida deb ataladi. Muntazam Piramidaning yon yoqlari bir xil teng uchburchaklardan iborat, ularning balandligi Piramidaning apofemasi deyiladi. Piramida hajmi V = – 4 SH formula bilan topiladi; bunda, S — asosi yuzi; N — balandligi.

Piramida asosiga parallel tekislik bilan kesilsa, asos tomonda kesik P., kesimda esa asosga oʻxshash koʻpburchak (ustki asos) hosil boʻladi;

2) meʼmorlik-d a — piramida shaklida, zinapoya yoki minorasimon qilib quriladigan mo-numental inshoot. Mas, qadimgi Misrda firʼavnlarning qabrini P. shaklida qurganlar (q. Ehromlar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x