MANGAZEYa

MANGAZEYa — Gʻarbiy Sibirning shim.-gʻarbida, Taz daryosi boʻyida joylashgan qad. rus shahri (17-a.). Nomi — mangazeya yohud molkanzeya degan nenes qabilasi joylashgan yer nomidan olingan. 17-a. boshida Mangazeya ruslarni Shim. Sibir, Yenisey va Lena daryolari havzalarini egallashlarida tayanch punkti boʻlib xizmat qilgan. 17-a. ning 20-y. lari boshida unda 2 ming aholi yashagan. Gʻarbiy Yevropa savdo kompaniyalarining moʻynaga boy r-nlarga kirish yoʻlini toʻsish maqsadida 1619-y. M. orqali suzish taqikdangan. Mangazeya aholisi ne-neslar va b. bilan ayirboshlash savdosini yuritgan, suvsar, baliqchilik, chorvachilik, kemasozlik, hunarmandchilik b-n shugʻullangan. Rus savdogarlari ham moʻyna olib ketishgan. 17-a. oʻrtalarida Yenisey havzasining shim. qismida moʻynali hayvonlar qirilgan. Natijada Mangazeya ning. iqtisodiy ahamiyati pasaya borgan. Markazi Yeniseydagi Turuxan manziliga koʻchirilgan. 1672-y. bu yerda Yangi Mangazeya (hoz. Krasnoyarsk tarkibidagi r-n markazi) shahri qad. koʻtargan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x