PINOTSITOZ

PINOTSITOZ (yun. pino — ichaman, shi-mib olaman va…sit) — suyuklikning hujayra membranasi tomonidan qamrab olinishi va hujayraga soʻrilishi (q. Fagotsitoz). P. da suyuklikni plazmatik membrana qamrab olib, mayda tomchilar holida hujayra ichiga oʻtkazadi. Pinotsitoz orqali suvda eriydigan makromolekulalar (oqsillar, lipidlar, glikoproteidlar) hujayra ichiga oʻtadi (bevosita Pinotsitoz, yaʼni endotsitoz) va hujayradan chiqariladi (teskari Pinotsitoz, yaʼni ekzotsitoz). Birinchi holda Pinotsitoz pufakcha hujayraning bir (ichki) yuzasidan ikkinchi (tashqi) yuza-siga oʻtib, uning ichidagi moddasi atrof muhit (sitoplazma)ga chiqariladi. Ikkinchi holda Pinotsitoz pufakcha ichidagi modda — sitoplazmada mezosomalar bilan qoʻshilib, fermentlar taʼsiriga uchraydi. Pinotsitoz amyobalarda, ichak va buyrak epiteliysi hujayralari, qon tomirlari endoteliysi, oʻsayotgan ootsitlarda ayniqsa faol kechadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x