MUSHARRAF

MUSHARRAF Parviz (1943.11.8, Dehli) — Pokiston davlat arbobi, generalleytenant (1995). 1975—61 y. larda Karochi va Lohurdagi bilim yurtlarida, Buyuk Britaniya Qirolligi Mudo-faa tadqiqotlari kollejida oʻqigan. Pokiston harbiy akademiyasini tugatgan (1964). 1964-y. dan Pokiston qurolli kuchlari safida. 1965—71 y. larda maxsus «Kommandos» batalyoni,1991-y. dan piyoda qoʻshinlari diviziyasi, 1995-y. dan korpus qoʻmondoni. 1998-y. okt. dan armiya shtabi boshligʻi, 1999-y. apr. dan Pokiston qurolli kuchlari shtab boshliqlari Birlashgan qoʻmitasi raisi. 1999-y. 12 okt. dagi harbiy toʻntarish natijasida ijroiya hokimi-yat rahbari. 2001-y. 20-iyundan Pokiston Islom Respublikasi prezidenti.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x