PILLA NASLCHILIK XOʻJALIGI

PILLA NASLCHILIK XOʻJALIGI — naslli va sanoatbop tut ipak qurti tuxumlari olishga moʻljallangan pilla yetishtiradigan xoʻjaliklar. Pilla naslchilik xoʻjaligida pilladan tashqari tut urugʻi, tut ni-holi va koʻchatlari ham yetishtiriladi. Pilla naslchilik xoʻjaligida yetarli ozuqa bazasiga ega boʻlish uchun tutzorlar, maxsus zarur asbob-uskuna va isitish vositalari bilan jihozlangan inkubatoriy va kurtxonalar tashkil etiladi, ipak kurtining pebrina kasalligidan xoli boʻlishiga alohida eʼtibor beriladi, taj-ribali mutaxassislar va qurt boquvchilar bilan taʼminlanadi. Pilla naslchilik xoʻjaligiga ipak kurti z-dlari (q. Ipak kurti tuxumi zavodi) va naslchilik styalari agronomlari va mutaxassislari agrozootexnika xizmati koʻrsatadi. Bunday xoʻjaliklarda yetishtiriladigan pilladan pilla naslchilik styalarida (q. Ipakchilik stansiyasi) superelita va elita tuxumlari, urutchilik z-dlarida esa sanoatbop duragay tuxumlar tayyorlanadi.

Oʻzbekistonda 10 ta Pilla naslchilik xoʻjaligi (shirkatlar) bor (2003).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x