PILOROSPAZM

PILOROSPAZM (yun. pyloros — meʼdaning chiqish qismi va spasmos — qisilish) — meʼda chiqish qismi (pilorus)ning qisilishi (spazmi). Meʼda-ichak yoʻli funksiyasining buzilishi natijasida paydo boʻladi. Nevrozlarda, meʼda yarasida kuzatiladi. Koʻproq emadigan bolalarda uchraydi. Bunday bola emgan zahoti qusadi yoki hiqichoq tutadi, kam siyadi, bezovtalanadi, koʻp yigʻlaydi, qabziyat boʻla-di, ozib ketadi. Bemorni mutaxassis vrach davolaydi. Meʼda yarasidagi Pilorospazm davolanmasa, pilorostenozga aylanib, qisilish doimiy boʻlib qoladi. Bunda bemorni fakat operatsiya qilib davolanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x