MELIORATI V TUPROQSHUNOSLIK

MELIORATI V TUPROQSHUNOSLIK — yerning noqulay tabiiy sharoitlarini (iqlim, tuproq eroziyasi, yer koʻchishi, surilishi, sel oqimi, qum koʻchishi, shoʻrlanish, botqoqlanish, qurgʻoqchilik, gidrologiya va gidrogeologiya sharoitlarini) oʻrganadigan fan, tuproqshunosliktmg boʻlimlaridan biri. Meliorati v tuproqshunoslikning asosiy vazifalari: yangi hududlarda irrigatsiyameli-orativ oʻzlashtirish maqsadlarida yer massivlarini toʻgʻri tanlash, yangi sugʻoriladigan yerlar unumdorligini oshirish hamda shoʻr yuvish va b. tadbirlarni asoslab berish, melioratsiya natijasida kelib chiqishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarning oldindan taxminlash hamda ularning oldini olish uchun tavsiyalar ishlab chiqish, qadimdan sugʻoriladigan hududlarda tuproq shoʻrini yoʻqotish va unumdorligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqib, tegishli tavsiyalar berishdan iborat.

Meliorati v tuproqshunoslik geologiya, gidrologiya, geomorfologiya, litologiya, geokimyo, fizika, matematika, gidrotexnika, agronomiya va b. bilan chambarchas bogʻliq. Meliorati v tuproqshunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi sugorma dehqonchilik uchun yangi yerlarni oʻzlashtirish masalalari bilan bogʻliq. Oʻrta Osiyo shoʻrlangan tuprokdarini har tomonlama oʻrganish borasida V. A. Kovda, V. V. Yegorov, M. A. Pankov, O. K. Komilov, L. T. Tursunov va b. ning xizmatlari katta. Mirzachoʻlda dastlabki meliorativ tadqiqotlar 20-a. boshlarida boshlangan. Oʻzbekistonda irrigatsion-melioratsiya ishlari 1965-y. lardan boshlab keng koʻlamda olib borildi. Meliorati v tuproqshunoslik uchun meliorativ jihatdan noqulay boʻlgan tuproklarni sinflash va baholash usullarini ta-komillashtirish, navbatdagi i. t. ishlari samaradorligini oshirish, shoʻrlangan yerlarni melioratsiyalashning yangi uslublarini ishlab chiqish, irrigatsion-meliorativ oʻzlashtirish uchun yer massivlarini baholash va tanlash uslubini takomillashtirish masalalari sohalarida rivojlantirilmoqda.

Mazkur masalalarni ijobiy hal etish meliorativ, agromeliorativ, gidromodul r-nlashtirish hamda shularga muvofiq holda meliorativ tadbirlar tizimini ishlab chiqish va qoʻllash orqali amalga oshiriladi.

Oʻzbekistonda shoʻrlangan sugorma yerlar 1970 ming ga ni tashkil etadi. Shoʻrxok tuproqli yerlar maydonining ortib borishi, agrotexnika va mineral oʻgʻitlardan, sugʻorish tizimidan notoʻgʻri foydalanish ekinlar hosildorligini kamaytirib yuboradi.

Meliorati v tuproqshunoslik ishlari yer kadastrы va uning ballarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Meliorati v tuproqshunoslik masalalari bilan Yer resurslari davlat qoʻmitasining Tuproqshunoslik va agrokimyo i. t. in-ti, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tegishli muassasalar, oʻquv yurtlarining tegishli kafedralari shugʻullanadi.

Ld.: Kamilov O. K., Meliorotivnoye sostoyaniye i plodorodiye vnov osvoyennыx pochv Golodnoy stepi, T., 1980.

Sobirjon Azimboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x