PIODERMIYA

PIODERMIYA (yun. ruop — yiring va derma) — terining yiringli kasalligi. Teriga yiring paydo qiluvchi mikroblarstafilokokk va streptokokklar, goho ayrim mikroorganizmlar — pnevmokokklar, koʻk yiring ta-yokchasi va b. ning tushishi sabab boʻladi. Baʼzan bir nechta mikroorganizm bir-galikda uchrashi ham mumkin. Tabiatda stafilokokk va streptokokklarning doimiy mavjudligi Piodermiyaning tez-tez uchrashiga olib keladi. Sanitariyagigiyena qonunqoidalarini bilmaslik yoki uni qoʻpol ravishda buzish, tur-mush va mehnat sharoitlaridagi kam-koʻst holatlar (ayrim kasb kishilarida kumir, sement va b. b-n terining muntazam ifloslanishi), meʼda-ichak, nerv sistemasi faoliyatining, shuningdek, moddalar almashinuvining buzilishi, intoksikatsiya va b. P. tarqalishiga imkon beradi. Piodermiyaning oʻtkir va surunkali, shuningdek, yuza va chuqur, streptokokkli, stafilokokkli va aralash xillari tafovut qilinadi. Stafilokokkli Piodermiyaga (stafilodermiyalar — bunda, asosan, soch follikullari va apokrin bez sohasi zararla-nadi) follikulit, chipqon, xoʻppoz, gidrodenit, sikoz va b. kiradi. Streptokokkli Piodermiyadan (strepto-dermiyada — teri yuzasi chakalanadi, no-zik pufakchalar paydo boʻladi, yiringlaydi; yiring tezda qurib, qora qoʻtirga aylanadi) sachratki, saramas, lab bichilishi, xasmol va b. uchraydi. Piodermiyaning barcha turlarini davolash deyarli bir xil. Antibiotiklar, sulfanilamidlar, vitaminlar, spetsifik va nospetsifik immunobiologik terapiya hamda fizi-oterapevtik davo usullari qoʻllanadi. Yosh bolalar Piodermiyaga koʻproq moyil boʻlganligi uchun bemorlarning sogʻlom bolalar bilan yurishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Piodermiyaning oldini olishda unga sabab boʻladigan omilni bartaraf etish muxim.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x