PIKASSO

PIKASSO (Picasso) Pablo (asli Ruis-i-Pikasso) (1881.25.10, Malaga, Ispaniya — 1973.8.4, Mujen, Fransiya) — fransuz rassomi, jamoat arbobi; kelib chiqishi ispan. Dastlabki taʼlimni otasi X. Ruisdan olgan; nafis sanʼat maktabida (1894—95), Barselona (1895-y. dan) va Madrid (1897—98) da oʻqigan. 1904-y. dan deyarli Parijda muqim yashagan. Yirik asarlarining ilk namunalari 1900-y. larga toʻgʻri keladi («Keksa gado oʻgʻil bola b-n», 1903; «Shar ustidagi qiz», 1905 va b.). P. ning serqirra ijodi 20-a. sanʼa-tidagi qaramaqarshiliklarni oʻzida aks ettirgan, tasviriy sanʼatning koʻp sohalari (rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika va b.) rivojiga kuchli taʼsir koʻrsatgan, zamonaviy sanʼatdagi inqirozlar hamda ziddiyatlarni uygunlikda tasvirlagan. 1907-y. larda buyumlarni handasiy shakllarga ajra-tib tekis yuzada uzilgan va hajmli boʻlaklardan tasviriy sanʼat asarlari yaratib kubizmta asos soldi. Bu davrda yaratilgan ayrim asarlari (mas, «Yel-pigichli xonim», 1909 va b.) nafis bezagi va joʻshqin ohangdorligi bilan ajralib turadi. 1910-y. lar oʻrtalaridan neoklassika anʼanalari, 1925-y. dan syurrealizm, 1929-y. dan abstrakt sanʼat taʼsirida boʻlgan.

30-y. lar 2yarmidan Pikassoning ijtimoiy mavqei koʻzga tashlanadi. Qarshilik koʻrsatish xarakati (Ispaniya, 1936—39; Fransiya, 1939—45)ning faol arbobiga aylanadi, fashizmning mohiyatini fosh etuvchi asarlar yaratdi: «General Frankoning orzu va yolgʻonlari» turkum asarlari (akvatinta, 1937); P. ning joʻshqin usuli eng yuqori choʻqqisiga yetgan «Gernika» pannosi (1937, Zamonaviy sanʼat muzeyi, Nyu-Yorkda) va b. 1940-y. lar 2yarmidan Pikasso ijodi rang-barang: dastgoxli rangtasvir, haykal-taroshlik, kulollik, ayniqsa, grafikada turkum asarlar yaratdi («Inson komediyasi» turkumi, 1953— 54 va b.). P. ning ilgʻor insonparvarlik karashlari uning asarlarida («Tinchlik ka-butari», tush, 1947; «Tinchlik» va «Urush» namoyonlari, 1952, Vallorisdagi «Tinchlik ibodatxonasi» kapella-sida va b.) oʻz ifodasini topdi. Pikasso ijodi 20-a. ijodkorlariga kuchli taʼsir koʻrsatgan. P. Xalqaro tinchlik muko-foti (1950) va b. mukofotlar laureati.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x