PETROZAVODSK

PETROZAVODSK — Kareliyadagi shahar (1777-y. dan). Kareliya Respublikasi poytaxti. T. y. tuguni. Onega koʻlidagi port. Aholisi 282,3 ming kishi (1998). P. Kareliyaning muhim sanoat markazi (respublika yalpi sanoat mah-sulotining 1/4 qismini beradi). Asosiy sanoat tarmoqpari: mashinasozlik va metallsozlik. «Petrozavodskbummash», Onega traktor, stanoksozlik, kemasozlik, radio zavodlari, uysozlik va taxta tilishmebel k-tlari, slyuda f-kasi bor. Yengil, oziq-ovqat (shu jumladan, baliq) sanoatlari mavjud. Petrozavodskda Rossiya FAning Kareliya filiali, Petrozavodsk in-ti, ped. institut, 4 teatr, oʻlkashunoslik va tasviriy sanʼat muzeylari ishlab turibdi. Petrozavodskga 1703-y. da asos solingan. 2-jahon urushi davrida vayron boʻlgan Petrozavodsk qayta qurildi. Shaharda klassitsizm uslubida qurilgan 18-a. ga oid binolar ansambli saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x