MATERIALLARNI SINASH

MATERIALLARNI SINASH — materiallarning texnologik va fizik xossalarini maxsus asboblar, mashinalar, modellar, mikroskop va stendlar yordamida aniqlash. Mexanik, fizik, kimyoviy va strukturaviy (tuzilishijihatdan) sinashturlari mavjud. Mexanik sinashda materiallar choʻzilishga, siqilishga, buralishga, kesish va qirqishga, charchashga, mustahkamlikka, zarbaga chidamlilik va b. xossalarga sinaladi, yaʼni barcha mexanik xossalari aniqlanadi. Fizik sinashda materiallarning elektr oʻtkazuvchanligi, issikdik oʻtkazuvchanligi,magnit singdiruvchanligi va b. fizik xossalari aniqlanadi. Kimyoviy sinashda materiallarning kimyoviy tarkibi, erish va qotish t-rasi, korroziyabardoshligi (zanglashga chidamliligi, yaʼni zanglamasligi), reaksiyaga kirishuvchanligi, payvandlanuvchanligi va b. xossalari aniqlanadi. Strukturaviy sinashda materiallarning makro – va mikrotuzilishlari, kristallik tuzilishi va b. aniqlanadi. Bunda rentgen nurlaridan ham foydalaniladi. Materiallarni sinashning sinash obyektini buzib (yoki shikastlab) va buzmay sinash usullari mavjud. Birinchi usulda sinaladigan materiallar shikastlanadi, baʼzan butunlay yemiriladi, ikkinchi usulda materiallarga shikayet yetmaydi, ulardan yana foydalanish mumkin.

Materiallarni sinash ishlari nazariy bilimlarga asoslanib oʻtkaziladi. Binolar, inshootlar, koʻpriklar, mashina va mexanizmlar, kosmik kema va raketalar, kiyim-kechaklar va b. jami narsalar Materiallarni sinash natijalariga asoslanib quriladi, yasaladi, tayyorlanadi va tikiladi.

Fatxulla Abdullayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x