PETROSOVA Yelizaveta Artyomovna

PETROSOVA Yelizaveta Artyomovna (1913. 14.8, hoz. Margʻilon) , Lizaxonim — raqqosa, baletmeyster. Qoraqalpoqsahna raqsining asoschilaridan. Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti (1957). Qoraqalpoq ashula va rake ansamblining tashkilotchisi (1956). Tamaraxonim va Gavhar Rahimovaning singlisi, Yayra Abdullayevannj onasi. Usta Olim Komilov va opalaridan oʻzbek raqsi va ritmlarini oʻrgangan. Ijodiy faoliyatini Andijon te-atrida raqqosa va aktri sal i kdan boshlagan (1929). Osiyo («Arshinmol-olon»), Qum-rixon («Oʻrtoqlar»), Qunduzxon («Niqob yirtildi») kabi obrazlarni yaratgan. 1933—36 y. larda Samarqand teatrida, 1936—38 y. lar Oʻzbek davlat musiqali teatrida, 1938 — 56 y. lar Uzbek davlat filarmoniyasida, urush yillari G. Rahimova rahbarligidagi oʻzbek xotin-qizlar front ansamblida raqqosa va baletmeyster. 1956—65 va 1967—70 y. lar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat filarmoniyasida baletmeyster va badiiy raxbar. 1985-y. dan 3. Gʻaniyeva nomidagi front konsert brigadasi ansamblida. «Nozigim», «Gul bargi», «Pilla», «Sadr», «Ufori soxta» kabi raqslarni mohirona ijro etgan. «Qashqar qizlari», «Far-gʻona qizlari raqsi», «Siynaxiroj» singari raqslarni, «Qoraqalpoq toʻyi» raqs-syuitasi, 70 dan ortiq yakka va ommaviy ijro etiladigan («Qiz uzatish», «Baliqchilar», «Ilme Sulton», «Choʻponlar», «Oq oltin», «Qirq qiz» va b.) qoraqalpoq raqslarini va spektakllar («Suymaganga suykanma», «Gʻariboshiq» va b.) dagi raqslarni sahnalashtirgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1969).

Ac: Qoraqalpoq raqsi, T., 1976.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x