PESHAVEZ

PESHAVEZ (fors. — old osilchoq) — ayollar taqinchogʻi. Ayollar koʻylagining kashtali jiyaklar tutib bezatilgan old oʻyigʻiga taqiladi. Shakli: tilla hal berilgan kumush qubbacha va unga osilgan shokilalardan tuzilgan. Qubbacha bosma yoki kandakori usulida yaproqlar, gul, gʻuncha kabi oʻsimliksimon naqshlar b-n bezatilgan, baʼzan gullar orasiga feruza koʻzlar qadalgan, qubbachaning pastki chetlari feruza koʻzlar qatori b-n hoshiyalangan. Peshavezning quyi qismiga koʻplab uzun zanjirli shokilalar osilgan; marjonli shokilalar orasida moʻjaz tozalik asboblari — tirnoq, quloq, tish tozalagichlar, surma-don, koʻzga surma su-radigan choʻp, atirdon, moʻychinak va b. buyumlar ham bor. Har bir osilgan buyum bosma usulida naqshlar, feruza gullar, marjon munchoklar va zigʻiraklar bilan ziynatlangan. Peshavezning birmuncha sodda turi naqshlangan toʻgʻnogʻich yoki uzuk (halka)dan iborat boʻlib, zaruriy ashyolar unga osilgan (P. chorabzal deb atalgan). Peshavez bezagida emal kam ishlatilgan. 19-a. oxirida urfdan qolgan. Respublika muzeylarida Peshavez namu-nalari saqlanadi. 20-a. oxiridan zargarlar ijodlarida Peshavez shakl va unsurlarini qullab zamonaviy taqinchoklar yaratmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x