PESTALOSSI Iogann Genrix

PESTALOSSI Iogann Genrix (1746.12.1, Syurix – 1827.17.2, Brugg) — shveysariyalik pedagog, boshlangʻich taʼlim nazariyasi asoschisi. Karolinum kollegiumining ikki kursini tugatgan. Neyxofda «Kambagʻallar uchun muassasa», Stans sh. da yetimxona, Burgdorf va Iverdonda in-tlar ochgan va ularga rahbarlik qilgan. Pestalossi fikricha, tarbiyaning maqsa-di insonlarning barcha tabiiy kuchlari va qobiliyatlarini har tomonlama va uygʻun oʻstirishdan iborat. Uning elementar maʼlumot nazariyasiga koʻra, tarbiyalash oddiy elementlardan boshlanib, asta-sekin murakkabroq darajaga koʻtarilib borishi kerak. Pestalossi bolalarga ilk bor hisob, oʻlchash va nutqni oʻrgatish me-todikasini ishlab chikdi, boshlangʻich taʼlimga geom., geogr., rasm solish, ashula, gimnastikadan oddiy maʼlumotlarni kiritib, uning mazmunini kengaytirdi. Asosiy asarlari: «Lingard va Gertruda» (1781—87), «Oqqush qoʻshigʻi» (1826), «Gertruda oʻz bolalarini qanday qilib oʻqitadi» (1801).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x