OʻSIMLIKSHUNOSLIK

OʻSIMLIKSHUNOSLIK — madaniy oʻsimliklarni yetishtirish usullari haqidagi fan. Tuproqshunoslik, umumiy dehqonchilik, q. x. meteorologiyasi, oʻsimliklar fiziologiyasi, biokimyosi, genetikasi, seleksiyasi, q. x. mikrobiologiyasi, agrofizika, agrokimyo, urugʻchilik, oʻsimliklarni himoya qilish bilan chambarchas bogʻlangan. Oʻsimlikshunoslikning asosiy tadqiqot obyekti — q. x. da ekiladigan ekinlar (turi, xili, navi, duragayi), ularning biologiyasi; tashqi muhit — agroekologik sharoitlarga talabchanligi va boshqalar Zamonaviy Oʻsimlikshunoslik shugʻullanadigan asosiy masalalar: ekiladigan oʻsimliklar tasnifi (donli ekinlar, ildizmevali va tuganak mevalilar, moyli ekinlar, tolali ekinlar, yemxashak oʻtlari va ekinlari, narkotikalkaloidli ekinlar); ularning biologik va ekologik xususiyatlarini oʻrganish, navlar (duragaylar)ni r-nlashtirishning ilmiy asoslari, qimmatli xoʻjalik belgilariga ega boʻlgan oʻsimliklar introduksiyasi, q. x. ekinlarini yetishtirishda intensiv texnologiya (agrotexnika)ni oʻrganish va ishlab chiqish; ekinning tuproqqa va atrof muhitga galabi; oʻgʻitlar va sugʻorishga munosabati; potensial hosildorligi yuqori boʻlgan tezpishar, kasalliklar hamda zararkunandalarga chidamli navlarni yaratish; yangi navlar agrotexnikasi va boshqalar Oʻsimlikshunoslik ayrim ekinlarning biologik xususiyatlari: vegetatsiya davrining davomiyligi; organogenez, oʻsish va rivojlanish ritmlari; vegetatsiya va morfogenezning izchil ketmaket fazalari; ildiz sistemasi va assimilyatsion sirtning rivojlanish dinamikasi, quruq modda toʻplanishi, oʻsimlikda foydali xoʻjalik organlari va qismlarining shakllanishi; moddalar almashinuvi; suv va oziklanish rejimi, sovuqbardoshligi, qishlashga, qurgʻoqchilikka, shoʻrga va boshqalarga chidamligi va boshqalarni oʻrganadi. Oʻsimlikshunoslik ekinlarning ekologik xususiyatlarini oʻrganishda q. x. zonasidagi iqlim va tuproq omillarini baholash orqali oʻsimlik bilan tashqi muhit sharoitlari oʻrtasidagi munosabatlarni tadqiq etadi. Bunda ekish muddatlari, birinchi quzgi qorasovuq tushadigan davr, suv bilan taʼminlanish, tuproq unumdorligi va boshqalar masalalar oʻrganiladi.

Q. x. ekinlarini oʻstirish texnologiyasi va mahsulot yetishtirishda U. oʻrganadigan asosiy masalalar: mahalliy tuttroqiqlim sharoitlariga moslashgan hamda qimmatli xoʻjalik va biologik xususiyati bilan ajralib turadigan nav (duragay)larni tanlash; almashlab ekishda eng yaxshi oʻtmishdosh tanlash; tuproqni ishlash sistemasi va oʻgʻitlarni qoʻllash, urugʻlikni ekishga tayyorlash, ekish (muddatlari, urugʻlik normasi, ekish usullari va chuqurligi), ekinlarni parvarishlash (tuproqni ishlash, oziqlantirish, begona oʻtlarni yoʻqotish, oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish, defoliant va desikantlarni ishlatish, ekinlarni oʻsishni boshqaruvchi moddalar bilan ishlash); hosilni yigʻib olish (asosiy va yordamchi mahsulotni yigʻishtirish muddatlari va uni tashkil qilish, nobudgarchilikka yoʻl qoʻymaslik, dalani angʻiz qoldiqlaridan tozalash, tuproqni yigʻimterimdan keyin ishlash), yigʻilgan hosilga dastlabki ishlov berish va h. k.

Oʻsimlikshunoslik boʻyicha tadqiqot ishlari dala, vegetatsion hamda lab. usullari bilan olib boriladi. Oʻsimlikshunoslikda xoʻjaliklar hamda ayrim ishlab chiqarish novatorlarining ilgʻor tajribalarini oʻrganish va ilmiy jihatdan umumlashtirishga katta oʻrin beriladi. Yakunlangan tadqiqotlarning natijalari agrotexnika va iqtisodiy baholash uchun aniq bir tabiiyiqlim sharoitlarida sinab koʻriladi.

Oʻzbekistonda Oʻsimlikshunoslik faniga AL. Abdullayev, A. V. Avtonomov, V. Zuyev, A. Imomaliyev, M. V. Muhammadjonov, J. K. Saidov, S. X. Yoʻldoshev, S. M. Miraxmedov, Sh. Ibrohimov, S. R. Muhammadxonov, Z. U. Umarov, Gʻ. Qurbonov, Gʻ. Rahimov, D. T. Abdukarimov, H. Otaboyeva va boshqalar muhim hissa qoʻshgan.

Oʻzbekistonda Oʻsimlikshunoslik masalalari bilan Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi tarkibidagi ilmiy muassasalar, q. x. oliy oʻquv yurtlari kafedralari shugʻullanadi. Oʻsimlikshunoslik boʻyicha yetakchi in-t Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik instituti. Oʻ. ga oid ilmiyamaliy ishlar «Uzbekiston kishlok xoʻjaligi», «Oʻzbekiston agrar fani xabarnomasi» jur. larida, oliy oʻquv yurtlarining ilmiy toʻplamlarida bosiladi.

Halima Otaboyeva.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x