MADL

MADL Ferens (1931.29.1, Vesprem viloyatining Bend qishlogʻi) — Vengriya davlat arbobi. Falsafa va huquq fanlari d-ri. Budapesht untining huquq f-tini tugatgan (1955). 1963—71 y. larda Vengriya FA Qonun chiqarish va davlat in-ti xodimi, 1978-y. dan Budapesht unti huzuridagi Fuqarolik huquqi in-ti, 1985-y. dan un-tning xalqaro xususiy huquq f-ti rahbari, 1990-y. dan Vengriya hukumatining fan sohasidagi siyosatini muvofiklashtirish boʻyicha vakolatsiz raisi, 1993-y. fev. dan Vengriya madaniyat va taʼlim vaziri, Madaniyat qadriyatlarini qaytarish boʻyicha qoʻmita raisi, 1994-y. dan Milliy madaniyat jamgʻarmasi rahbari, 1996-y. dan Fuqarolar hamkorligi assotsiatsiyasi raisi; ayni vaqtda 1990—93 y. larda Davlat mulki boʻyicha Vengriya agentligi boshqaruvi rahbari, Banklar faoliyatini nazorat qilish boʻyicha Vengriya davlat boshqarmasi rahbari. 2000-y. 6-iyundan Vengriya Respublikasi prezidenti. Garvard huquq akademiyasi, Vengriya FA haqiqiy aʼzosi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x