PERREN

PERREN (Perrin) Jan Batist (1870.30.9, Lill – 1942.17.4, Nyu-York) — fransuz fizigi va fizikkimyogari, Fransiya FA aʼzosi (1923-y. dan, 1938-y. dan prezidenti). 1940-y. dan AQSH da . Katod nurlarini man-fiy zaryadlangan zarralar oqimidan iboratligini tajribalarda asoslagan (1895), Broun harakatinn tekshirgan (1908—13), boshqa usullar bilan topilgan qiymatiga moye keluvchi Avogadro sonini aniklagan, molekulaning mavjudligini isbotlagan. Perren sovun koʻpigining tuzilishini oʻrganib, har qanday koʻpik bir qancha bimolekulyar qatlamlardan iborat ekanligini aniqlagan. Perren rentgen nurlarning tabiatini, gazlarning oʻtkazuvchanligini, fluoressensiya, radioaktivlikni tekshirgan. Nobel mukofoti laureati (1926).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x