PEROVSKIY EKSPEDITSIYASI

PEROVSKIY EKSPEDITSIYASIRossiya tomonidan Xiva xonligini bosib olish maqsadida uyushtirilgan har-biy ekspeditsiya (1839—40). 1835-y. Orenburg general-gubernatori V. A. Perovskiy imperator Nikolay I (1825 — 55) ga maxsus xat yoʻllab, unda Xiva xonlari goʻyoki uzok, yillardan beri rus davlatiga dushmanlik qilayotganligi, rus savdo karvonlarini talab, rus asirlariga shafqatsizlik qilayotganliklarini taʼkidlagan. Imperator 1837-y. Xiva xonligini bosib olish haqida Perovskiyga farmon beradi. Perovskiy qoʻmondonligidagi qoʻshin 1839-y. 14 noyab. da Xivaga qarab yoʻlga chiqib, 19 dek. da Emba qalʼasiga kelib oʻrnashgan. Boshlangan qattiq sovuq va kuchli boʻron rus askarlarini ogʻir ahvolga solib, tuya va otlarni boqishni nixryatda qiyinlashtirgan. Rus qoʻshinlarining kelayotganligidan xabar topgan Xiva xoni Olloqulixon Choʻchqakoʻlga kelib joylashgan rus qoʻshinlariga qarshi Otamurod qoʻshbegini 8 ming qoʻshin bilan yuborgan. Xon qoʻshinlari qishning qattikligiga qaramay rus qoʻshinlari ustiga tashlangan. Jangda har ikki tomon talafot koʻrib, jangni davom ettirish imkoni boʻlmagach, xon qoʻshinlari Xivaga kaytarilgan. Perovskiy ham oʻz qoʻshinlarini 1840-y. fev. da Orenburgga qaytarishga majbur boʻladi. Perovskiy ekspeditsiyasida rus qoʻshinlaridan 1054 kishi xalok boʻlgan. 10 ming tuya va 8 ming ot yoʻqotilgan, juda koʻplab odamlarni sovuqurgan. Bu bosqinchilik yurishidan Rusiya davlati 1 mln. 700 ming soʻm zarar koʻrgan. Xiva xonligiga qayta yurishdan umidini uzmagan Nikolay I 1840-y. 30 yanv. da harbiy yurishni zudlik bilan kay-ta amalga oshirish haqida general Perovskiyga koʻrsatma bergan. Bu yurish koʻlami avvalgisidan 3—4-marta katta boʻlishi kerak edi. Lekin, chor hukuma-tida yuzaga kelgan ogʻir vaziyat bu yurishning amalga oshirilishiga imkon bermagan. Nazirjon Tojiboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x