PERNAMBUKU

PERNAMBUKU — Braziliyaning shim,-sharqiy qismidagi shtat. Mayd. 98,9 ming km2. Axrlisi 7,9 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Resifi sh. Yirik sha-harlari: Orlinda, Jabuatan, Kabu, Karuaru. Shtatning katta qismini oʻr-qirli plato (eng baland joyi 1100 m) egallagan boʻlib, u sharqqa tomon zina-poyasimon pasayib boradi. Iqlimi subekvatorial, sohil qismida issiq. va sernam, platoda qurgʻoqchil. Oʻrtacha oylikt-ra24—26°. Yillikyogʻin 1700— 2000 mm, plato qismida 500 mm. Asosiy da-ryosi — San-Fransisku.

Iqtisodiyotida q. x. yetakchi tarmoq: shakarqamish yetishtirish va paxtachilikka ixtisoslashgan. Shuningdek, si-zal, tamaki, maniok, makkajoʻxori, kofe, kakao, sholi va b. ekinlar ekiladi. Chorvachilikda echki, qoramol, choʻchqa, qoʻy, ot boqiladi. Yovvoyi kokos palmasi yongʻogʻi yigʻiladi. Sanoati kam rivojlangan. Asosan, oziq-ovqat va ip-gazlama korxonalari mavjud. Uncha katta boʻlmagan sement, mashinasozlik, koʻn-poyabzal, farmatsevtika korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Gips, fosforit, oltin, asbest, tuz konlari topilgan. Yirik dengiz porti — Resifi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x