PERIPATETIK MAKTAB

PERIPATETIK MAKTAB (yun. peripateo — sayr etib yurmoq) — Aristotel asos solgan falsafiy maktab. Maktabda tinglovchilar bilan sayr qilib yurib dare oʻtilgan (nomi shundan olingan). Aristoteldan keyin qariyb 34 y. Teofrast boshchilik qilgan. Peripatetik maktab vakillari anik, fanlar bilan shugʻullanganlar (musiqa nazariyotchisi Aristoksen, davlat tarixchisi va nazariyotchisi Dikearx, fizik Straton, geograf va astronom Aristarx Samoslik va b.). P. m. vakillari 1—3-a. larda Aristotel asarlarini nashr etishgan va sharxlashgan. Peripatetik maktab platonchilar, pifagorchilar, stoiklar, neoplatonchilarga va keyinchalik oʻrta asr Yaqin va Oʻrta Sharq xalklari falsafasiga xam sezilarli taʼsir koʻrsatgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x