PEDAGOGIKA FANLARI ILMIY TADQIQOT INSTITUTI

PEDAGOGIKA FANLARI ILMIY TADQIQOT INSTITUTI, T. N Qori-Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institut i — ped. nazariyasi va tarixi, taʼlim nazariyasi va metodikasi, xususiy metodika sohasida ilmiy pedagogik tadqiqotlar olib boradigan muassasa. OʻzR Xalq taʼlimi vazirligi karamogʻida. 1929-y. 17 yanv. da Samarqandda Oʻzbekiston davlat i. t. in-ti sifatida tashkil etilgan. 1931-y. dan Toshkent sh. da. Shu yili Oʻzbekiston Madaniy qurilish in-tiga, 1934-y. dan Oʻzbekiston Ped. fanlari i. t. in-tiga aylan-tirilgan (1939—41 y. larda Oʻzbekiston Maktablar i. t. in-ti, 1941—46 y. larda Respublika Maorif xalq komissarligining metodik boshqarmasi sifatida faoliyat koʻrsatgan).

In-tning Qoraqalpogʻiston filiali (1967-y. tashkil etilgan) bevosita region taʼlimining dolzarb muammolarini tadqiq etadi. In-t tarkibida aspirantura (1960-y. dan) va doktorantura (1994-y. dan) mavjud boʻlib, ular orqali mamlakatimiz va qoʻshni davlatlar uchun ilmiy pedagog kadrlar tayyorlab kelinmoqda. In-t huzurida ped. nazariyasi va tarixi, xususiy metodika sohalaridan fan nomzodi va fan dri ilmiy darajasini himoya qilish boʻyicha ixtisoslashgan kengash (1996-y. dan) faoliyat koʻrsatadi. Intning oliy organi uning ilmiy kengashi.

In-tda taʼlim mazmunini isloh qilish, umumiy oʻrta taʼlim, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarining sohalari boʻyicha davlat taʼlim standartlari, maktabgacha yoshdagi bolalar taʼlim-tarbiyasiga qoʻyiladigan davlat talablari ishlab chiqilgan. Mazkur standartlarni hayotga tatbiq etish boʻyicha oʻquv dasturlari, darelik va qoʻllanmalar tayyorlangan. In-t faoliyati S. Rajabov, E. Qodirov, M. Xamroyev, A. Zunnunov, E. Turdiqulov, S. K. Annamuratova, Y. Abdullayev, R. Usmonov va b. olimlar nomi b-n bogʻliq.

In-t 2003-y. dan boshlab Fan va texnologiyalar markazining davlat buyurtmasiga binoan, bir qator ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib bormoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x