Navoiy davlat pedagogika instituti kirish ballari, qabul kvotalari

Navoiy davlat pedagogika instituti kirish ballari, qabul kvotalari

Elektron pochta:

info@nspi.uz

Rasmiy sayt:

nspi.uz

Manzil:
Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Ibn Sino ko‘chasi, 45- uy, pochta indeksi: 210100
Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Navoiy filiali sobiq SSSR Ministrlar Sovetining 1983-yil 25-iyuldagi № 1392-sonli Farmoyishi, O’zSSR Ministrlar Soveti va O’zbekiston kompartiyasi markaziy komitetining 1983-yil 27-iyuldagi  455-sonli Qarori bilan tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi farmoni bilan Navoiy davlat pedagogika instituti maqomi berilgan. Institut tarkibida 2 ta fakultet (Fizika-matematika, O’zbek tili va adabiyoti) faoliyat olib borgan.Hozirgi kunda Navoiy davlat pedagogika institutida 8 ta fakultet, 24 ta kafedra faoliyat ko’rsatadi. Institutda 27 ta`lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar, 17 ta mutaxassislik bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Talabalar kontingenti bakalavriat kunduzgi bo’limida 7755 nafar, magistraturada 180 nafar, sirtqi bo`limda 1152 nafar, maxsus sirtqi bo`limda 1053 nafar, jami institut bo`yicha 10140 nafarni tashkil etadi.Fakultetlar: Fizika-matematika, Tabiiy fanlar, Tarix, O`zbek tili va adabiyoti, Chet tillar, San`atshunoslik, Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim, Jismoniy madaniyat.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x