MORGAN

MORGAN (Morgan) Tomas Xant (1866.25.9, Leksington, Kentukki — 1945.4.12, Pasadena, Kaliforniya) — amerikalik zoolog, genetika asoschilaridan biri, AQSH Milliy FA prezidenti (1927—31). London Qirollik jamiyati aʼzosi (1919-y. dan). Kentukki (1886) va J. Xopkins un-tlarini (1891) tugatgan. Brin-Mordagi xotinqizlar kolleji (1891 — 1904) va Nyu-Yorkdagi Kolumbiya untida (1904—28) prof., Pasadenadagi Kaliforniya texnologiya in-tining biol. lab. boshligʻi (1928—45). Morgan eksperimental embriologiya, regeneratsiya, hayvonlar jinsini aniqlash va irsiyatga oid tadqiqotlar olib borgan; irsiyatning xromosoma nazariyasini asoslab bergan. Morgan va uning xodimlari tomonidan xromosomalar chalkashuvi va krossingover hodisasining kashf etilishi Mendel qonunlarining sitologik me-xanizmini toʻliq tushunib olishga va tabiiy tanlanish nazariyasining mo-hiyatini tushuntirishga imkon berdi. Nobel mukofoti laureati (1933).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x