MOʻMINOVA

MOʻMINOVA Shahnoza (1949.21.8, Toshkent) — kulol, zamonaviy kulollik sanʼatining taniqli namoyandasi. Oʻzbekiston BA akad. (1990). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1974). Toshkent politexnika in-ti (1974—95) va Respublika rassomlik bilim yurti (1995—98) da dare bergan, ayni vaqtda, Toshkent keramika z-di ijodiy guruhida ishlagan; 1996-y. dan Respublika bolalar ijodiyoti markazida studiya rahbari. Moʻminova ijodi kompozitsiya va nafis rang koloritini nozik his eta olishi b-n diqqatga sazovor; chinni kompozitsiyalari, moʻjaz shaklli asarlari milliy ohanglarni zamonaviy talqin etish mahorati bilan ajralib turadi: «Koʻza» (1975), «Voha» (1995), «Sharq ayollari», «Uchrashuv» (1997), «Tong» (1999) va b. 1974-y. dan respublika va xorijiy mamlakatlardagi yirik koʻrgazmalarda faol ishirok etadi (jumladan, AKD], Turkiya, Germaniya va b. da shaxsiy koʻrgazmalari muvaqqiyatli oʻtkazilgan).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x