PAUELL

PAUELL (Pouell; Powell) Sesil Frank (1903.5.12, Tonbrij, Kent — 1969.9.8, Milan) — ingliz fizigi. London Kirollik jamiyati aʼzosi (1949-y. dan). Kembrij un-tini tugatgan (1925). 1928-y. dan Bristol un-tida ishlagan (1948-y. dan prof.). Kosmik nurlarni tadqiq qilish maqsadida uchirilgan zond-sharlar boʻyicha tuzilgan Yevropa ekspeditsiyalari direktori (Italiya, 1952—61). Yevropa yadro tadqiqotlari markazit tuzish tashabbuskorlaridan biri. Ilmiy ishlari yadro fizikasi, kosmik nurlar va elementar zarralar fizikasiga oid. Xodimlari bilan hamkorlikda kosmik nurlardagi k – mezonlarni kashf etgan (1947). Pauell — faol jamo-at arbobi. 1967—69 y. larda Paguosh qoʻmitasi raisi boʻlgan. Nobel mukofoti laureata (1950).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x