MALOYAROSLAVES JANGI

MALOYAROSLAVES JANGI — Fransiya-Rossiya urushi (1812) davrida Maloyaroslaves sh. (RF) ostonasida rus va fransuz qoʻshinlari oʻrtasida boʻlgan jang[1812-y. 12(24) okt. ]. 1812-y. 6 okt. da marshal Myurat avangardini Chernishnya daryosi boʻyida yengilishi Napoleon I armiyasini Moskvadan chekinishini tezlatdi. Napoleon Kaluga orqali Smolensk sh. ga chekinishni rejalashtirib, oziqovqat omborlarini egallash maqsadida va kelgusida Gʻarbiy Dvina va Dnepr daryo qirgʻoklarida mudofaa chizigʻi barpo etib, u yerda mustahkam joylashib olib, shu yerdan 1813-y. yangi hujumni boshlash niyatida boʻlgan. Napoleon rejasidan xabar topgan Maloyaroslaves Jangi Kutuzov 10 okt. da general D. S. Doxturovning 6-piyoda korpusi va l-otliq korpusni Napoleon armiyasi yoʻlini toʻsishga joʻnatgan. 12 okt. da ruslar Maloyaroslavesdan fransuzlarni quvib chiqarishgan. Biroq, fransuzlarning Ye. Bogorne qoʻmondonligi ostidagi 1korpusi Maloyaroslaves jangini kaytadan egallab olgan. Yangi kuchlar yordamga kelishi b-n jang keng tus olgan. Unda har ikki tomondan 25000 askar katnashgan. Maloyaroslaves 8-marta qoʻldan qoʻlga oʻtgan. Kechga borib shahar fran-suzlar qoʻlida qolgan. Fransuzlar 5000, ruslar 3000 askarini yoʻqotgan. 13 okt. da ikki tomon hal qiluvchi jangga tay-yorgarlik koʻra boshlagan edi, lekin Napoleon 14 okt. da qoʻshiniga Smolensk yoʻli boʻylab chekinishga buyruq bergan. Maloyaroslaves jangi, ruslarning strategik gʻalabasi boʻlib, tashabbus ruslar qoʻliga oʻtgan. Moskva jangi (1941— 42) vaqtida Maloyaroslaves r-nida shiddatli janglar boʻlgan. Shaharni 1941-y. 18 okt. da nemis fashistlar egallagan edi. Shoʻrolar armiyasi 1942-y. 2 yanv. da shaharni ozod etgan. Maloyaroslavesda 1812-y. gi Vatan urushi muzeyi mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x