PATIR

PATIRnon turi. Shirmoy P., qashqari Patir, koʻk Patir, qiymali Patir, patircha kabi turlari bor. Ularning har biri masalligi, tayyorlanish usuli bilan farq qiladi. Tayyorlanishi: iliq sutda tuz va xamirturush eritiladi, soʻngra qoʻy yogʻi (yoki sariyogʻ) qoʻshilib xamir qoriladi. Xamir osh-gach, 500 g li zuvalalar uziladi. Zuvaladan chekkalarining qalinligi 3—4 sm, oʻrtasining qalinligi 1 sm keladigan non yasaladi, uning yupqa joyiga zich chakich uriladi. Non chetlari pichoq b-n tilinib, naqsh beriladi. Yasalgan Patir betiga 15—20 min. dasturxon yopib qoʻyiladi. Tandirga yopish oldidan olov kul bilan koʻmiladi, namakob sepiladi. Tan-dirdan uzilgan Patirning yuziga eritilgan dumba yogʻi surkaladi (yana q. Non).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x