MONUMENTAL HAYKALTAROSHLIK

MONUMENTAL HAYKALTAROSHLIK — haykaltaroshlikttg meʼmorlik va shaharsozlik bilan bogʻliq turi. Oʻz koʻrinishiga koʻra, dumaloq (mukammal) va/)yelbe0 turlariga boʻlinadi. Monumental haykaltaroshlik asarlari oʻzida katta mazmun ifoda etadi hamda mustaqil ijtimoiy xususiyatga ega boʻlib, bevosita atrof muhit, meʼmoriy binolar bilan uygʻunlashtiriladi. Asarlari uzokdan tomosha qilishga moʻljallanganligi uchun kattakatta, yaxlit shakllardan keng foydalaniladi; maydonlar, istirohat bogʻlari, xiyobonlar, koʻcha va b. ga oʻrnatiladi, shuningdek, bino devorlariga ishlangan haykallar ham Monumental haykaltaroshlikga taalluklidir. Monumental haykaltaroshlikga muhim tarixiy voqealar, atoqli shaxslar xotirasini abadiylashtirish maqsadida oʻrnatilgan monument, yodgorliklar, haykaltaroshlik majmu-alari, shuningdek, bezak haykaltaroshligi (mas, Navoiy teatri binosi oldidagi favvora va b.) asarlari kiradi. Asar rangini haykal uchun ishlatilayotgan xom ashyo (marmar, granit, bronza va b.) belgilaydi.

Monumental haykaltaroshlik ijtimoiy taraqqiyot bilan bogʻliq holda rivojlangan. Qad. Misrda, Gʻarbiy Osiyo, Hindiston, Xitoy va b. sharq mamlakatlarida muhim oʻrin egallagan. Yunoniston va Rimda uning nodir namunalari yaratilgan. Oʻrta asr Yevropa mamlakatlari sanʼatida muhim rol oʻynagan: sobor, ibodatxonalar, ularni oʻrab turgan maydonlar haykaltaroshlik asarlari bilan bezatilgan. Uygʻonish davrida insonparvarlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan Monumental haykaltaroshlik namunalari ishlandi (Donatello, Mikelanjelo va b.), 17—20-a. larda yangi mazmun va nafis gʻoyalar bilan boyidi (L. Bernini, O. Roden, F. Kramer va b.).

Oʻzbekiston hududi (Xolchayon, Dalvarzintepa, Ayritom, Quva va b.)da qadimda Monumental haykaltaroshlikning ajoyib namunalari yaratilgan. Arablar istilosidan ke-yin bu sanʼat turi amaliyotdan chiqib ketgan; faqat 19-a. oxiri —20-a. boshlaridan yana jonlandi. Toshkent, Samarqandda ilk namunalari (Samarqandda «Ozodlik», Toshkentda Navoiy haykali va h. k.) bunyod etildi.

Monumental haykaltaroshlikning yangi taraqqiyot davri 60— 80-y. larga toʻgʻri keladi (A. Ikromov, Oy-bek, S. Rahimov, hamid Olimjon va b. haykallar). Ayniqsa, mustaqillikdan keyin Monumental haykaltaroshlik x,. yangi millim mavzular bilan boyidi: Oʻzbekistonning buyuk shaxslariga meʼmoriy haykaltaroshlik majmualari, mahobatli haykallar (Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur, Jaloliddin Manguberdi, Al-Fargʻoniy, Alpomish va b.) barpo etildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x