PARVONACHI

PARVONACHI — hukmdor farmoni va buyruqlarini bituvchi kotib.

1) Xiva xonligida qozi va inoqdan keyingi oliy darajadagi saroy mansabdori. Parvonachi mansabi saltanat uchun buyuk xizmatlari evaziga xon tomonidan inʼom tar-zida berilgan. Parvonachi vafotidan soʻng uning oʻrniga toʻgʻridan-toʻgʻri farzandi tay-inlangan, unga zardoʻz liboslar, ol-tin pichoq va tulpor ot tuhfa kilingan.

2) Buxoro xonligida Parvonachi amirning tayanchi hisoblangan oliy lavozimlardan biri, otaliq hamda devonbegidan keyingi 3mansabdor shaxs. P. amir tomonidan chiqarilgan yorlikdarni arkoni davlat hamda beklarga taqdim etgan, ayni chogʻda xonlikda yashovchi arablar ishi bilan shugʻullanish uchun masʼul hisoblangan. Yuqori mansabga tayinlangan amaldor Parvonachi takdim etgan farmonni 3 kun mobaynida oʻz sallasiga qistirib yurishi lozim boʻlgan. Amir qabulxonasida Parvonachi uchun maxsus oʻrindiq boʻlgan. Parvonachi baʼzan harbiy harakatlarda ishtirok etib, muayyan qismlarga qoʻmondonlik qilgan.

3) Qoʻqon xonligida saroy mansabi. Parvonachilar viloyatni ham boshqarish huquqiga ega boʻlganlar. Mac, 1844-y. Chust hokimi Rahmatulloh Parvonachi edi.

Ad.: Semyonov A., Buxarskiy traktat o chinax i zvaniyax i ob obyazannostyax nositeley ix v srednevekovoy Buxare, Sovetskoye vostokovedeniye, t.5, 1948; Mirza Badi, Divan. Madjma al-arkam («Predpisaniya fiska»)(Primerы dokumentatsii v Buxare XVIII v.). Faksimile rukopisi. Vvedeniye, perevod, primechaniya i prilojeniya A. B. Vildanovoy, M., 1981; Beysembiyev T. K., «Taʻrixi Shaxruxi» kak istoricheskiy istochnik, Alma Ata, 1987.

Hamidulla Dadaboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x